Janubiy Osetiya hukumati Tsxinval şahrining markaziy köçalaridan biri – Moskovskaya köçasini Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomi bilan ataşga qaror qildi. 

“Bunday qaror Janubiy Osetiyaning har tomonlama va muntazam qöllab-quvvatlanişi, Janubiy Osetiyani 2008 yil avgustda qutqarganlik va öşanda Rossiya rahbariyati tomonidan mamlakat mustaqilligining tan olinişi qaroriga minnatdorlik sifatida qabul qilindi”, deb aytgan 7 oktyabrda Tsxinval meri Alan Koçiyev.

Uning aytişiça, köçaning qayta nomlanişi qarorini merlik huzuridagi tegişli komissiya qöllab-quvvatlagan. 

Putin nomi bilan atalgan köça şahar markazida joylaşgan bölib, unda Janubiy Osetiya davlat universiteti hamda Ikkinçi jahon uruşi yillarida halok bölgan jangçilar xotirasiga yodgorlik joylaşgan.

Ma'lum qilinişiça, uşbu qaror respublika prezidenti Anatoliy Bibilov buyruği bilan Putinning tuğilgan kunida qabul qilingan. 

Rossiya prezidenti 7 oktyabrda 67 yoşini qarşiladi. U tuğilgan kunini tabiat qöynida yaqinlari va döstlari bilan ötkazişga qaror qildi. 

Qirğizistonda Putin va Lenin haykallari örnatildi