Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi «Milliy tölov tizimini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3945-sonli qarori ijrosini ta'minlaş hamda «HUMO» tölov tizimi infratuzilmasini yanada rivojlantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan bir qator samarali işlar amalga oşirilmoqda.

Jumladan, yana bir yangilik sifatida Toşkent metropolitenining 21 ta stansiyalarida kontaksiz tölov ya'ni, «HUMO» plastik kartasi orqali yölkira uçun tölovni amalga oşiriş dasturi nihoyasiga yetkazildi. Hozirda, metropolitenining «Buyuk Ipak Yöli», «Amir Temur hiyoboni», «Mustaqillik maydoni», «Paxtakor», «Mirzo Uluğbek», «Çilonzor», «Beruniy», «Minor», «Abdulla Qodiriy» bekatlarida karta orqali tölovning amalga oşiriş tizimi yaratildi. Endilikda, naqd pulsiz tölovni amalga oşiriş ham imkoniyatlari kengaymoqda.
«Özmilliybank» Matbuot xizmati








