Özbekistonda Lada XRAY Cross avtomobilining yangilangan, uzoq kutilgan avtomat transmissiya va yangi dvigatel örnatilgan modeli sotuvga çiqarildi. Sönggi tört yil içida AvtoVAZ yangi modellar evaziga özi işlab çiqarayotgan avtomobillarida imij va sifat jihatidan ulkan özgarişlarga erişdi. Biroq mukammallik uçun zamonaviy avtomat uzatmalar qutisi yetişmay turgandi.

Sönggi çizgilar

XRAY Cross avtomobilida Yaponiyaning Jatco kompaniyasida işlab çiqarilgan avtomat uzatmalar qutisi (CVT) paydo bölguniga qadar, xaridorlarda mexanik qutidan özgasini tanlaş imkoniyati yöq edi.

XRAY Cross avtomat uzatmalar qutisining muhim xususiyati – ikki poğonali planetar reduktor va variatorning (poğonasiz uzatmalar qutisining) ulanişida. Poğonasiz uzatmalarni almaşlab qöşiş egiluvçan pölat tasma bilan ulangan ikki yoqqa suriluvçi şkivlar (ğildiraklar) juftligi hisobiga amalga oşiriladi, ya'ni boşqa uzatmaga ravon, siltanmasdan özgaradi. Transmissiya tölaqonli avtomat va variatorning qaysidir ma'noda gibridi bölganligi sababli, AvtoVAZ komplektatsiyada oddiygina qilib AT belgisini körsatadi. Mukammal avtomat uzatmalar qutisidan (AKP) farqli ölaroq, CVT ravonroq va jadalroq (siltaniş va uzilişlarsiz) tezlanişni ta'minlaydi, ança tejamli va şovqinsizdir.

XRAY Cross avtomati bilan birga Nissan Tiida, Nissan Qashqai, Nissan Sentra, Nissan Juke, Renault Logan, Renault Kaptur, Renault Arkana kabi avtomobillar jihozlangan, işonçli va köpga çidaydigan Nissan HR16DE (H4M) dvigateli qaytib keldi.

Renault-Nissan H4M-HR16DE dvigateli renolardagi K4M evolyutsiyasidir. Motor çakki emas, benzin tanlamaydi, gaz taqsimlaş mexanizmi tizimida qöllanilgan zanjir yetarli darajada işonçli bölib, uning tezda çözilişi va osilib qolişidan xavotir olmasa ham böladi. Gaz taqsimlaş fazalarini özgartiriş tizimi mavjud, faza aylantirgiç kiritiş vali ustiga örnatilgan, elektron drosselli tösma qopqoq qöllanilgan.

Uşbu motor LADA XRAY Cross avtomobilida takomillaştirilgan bölib, unda taqsimlaş vali özgartirildi, har bir silindrga endi ikkitadan forsunka qöyiladi, yonilği tejamkorligi oşdi, quvvat birmunça köpaydi, salt aylaniş kamaydi, motor Yevro 5 talablarini bajaradigan böldi va boşqa, ahamiyati kamroq özgarişlar yuz berdi.