Tolyattidagi umumfoydalaniş yöllarida Lada XRay xetçbegining barça yöllarga möljallangan modifikatsiyasi payqaldi. Qisman kamuflyaj bilan berkitilgan prototipning suratlari “RCI Rossiyskiy Avtoprom” hamjamiyati tomondan namoyiş qilindi.

Xetçbekning standart versiyasidan barça yöllarga möljallangan Cross versiyasi ğildirak arkalaridagi va eşik ostonasidagi plastik detallar, 17 dyuymli ğildirak disklari, kattalaştirilgan yöl bilan oraliq (klirens) bilan farqlanadi. Klirens 195 mm dan 200 mm gaça oşirilişi taxmin qilinmoqda. Maşinaning seriyali versiyasi 2016 yilda taqdim qilingan XRay Cross kontseptiga öxşaş böladi.

Avvalroq seriyali XRay Cross krossoveri Renault Duster modelining töliq privodi bilan jihozlanişi ma'lum qilingan. Biroq undan narxi yuqoriligi va vazni oğirligi sababli voz keçilgan.
Lada XRay Cross joriy yil oxirigaça savdoda paydo böladi. Uning narxi odddiy xetçbeknikidan 40-45 ming rubl qimmatroq bölişi taxmin qilinmoqda.

Ayni vaqtda Lada XRay xetçbegi 1,6 litrli, 106 ot kuçiga ega hamda 1,8 litrli, 122 ot kuçiga ega motorlar bilan taklif qilinadi. Uzatmalar qutisi 5 poğonali mexanik va robot körinişida. Modelning narxi 615 ming rubldan boşlanadi.












