2019 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari soni 3,6 mln kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35,7 %ga ortgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
2019 yil yanvar–iyun oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 6,2 mln kishini tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan taqqoslanganda esa bu ko‘rsatkich 11,3 %ga kam.
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari sonining tahlilidan ko‘rinadiki, 2019 yil yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 971,9 ming nafar ko‘p chet el fuqarolari tashrif buyurgan.
Ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni, 2018 yil yanvar–iyun oylarida 7 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yil yanvar–iyun oylarida 6,2 mln.ni tashkil etdi.
2019 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining 55,0 % (2 mln kishi) erkaklar, 45,0 % (1,6 mln kishi) ayollarni tashkil etadi.
Shu bilan birga ketgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 60,5 % (3,7 mln kishi) erkaklar, 39,5 % (2,4 mln kishi) ayollar tashkil etadi.
MDH davlatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga 3,4 mln kishi tashrif buyurgan bo‘lib, ularning 2,5 mln qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 254,7 ming nafari sayyohlik maqsadida, 358,9 ming nafari tranzit orqali tashrif buyurgan.
Uzoq xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga 270,3 ming kishi tashrif buyurgan. Ulardan 150,0 ming nafari sayyohlik maqsadida, 26,7 ming nafari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 14,3 ming nafari xizmat maqsadlarida va h.k.
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasidan 1,1 mln kishi (barcha tashrif buyurganlarning 32,1 %), Tojikistondan 1 mln kishi (28,0 %), Qirg‘izistondan 680,7 ming kishi (18,4 %), Rossiyadan 260,4 ming kishi (7,0 %), Turkmanistondan 233,4 ming kishi (6,3 %) va Belarusdan 9,1 ming kishi (0,2 %) tashrif buyurgan.
Uzoq xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Turkiyadan 49,3 ming kishi (1,3 %), Xitoydan 26,9 ming kishi (0,7 %), Janubiy Koreyadan 18,6 ming kishi (0,5 %), Hindistondan 16,8 ming kishi (0,5 %), Germaniyadan 11,7 ming kishi (0,3 %), Yaponiyadan 9,5 ming kishi (0,3 %), Fransiya, Italiya va Isroil davlatlaridan mos ravishda 9,3, 8,8 va 6,0 ming kishi tashrif buyurgan.
















