Bugun, 8 oktabr kuni xalq deputatlari Andijon şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Kun tartibiga taşkiliy masala - şahar hokimini tayinlaş masalasi qöyildi. Sessiyada viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov ma'ruza qildi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, sessiyada hozirda Andijon şahar hokimi vazifasini vaqtinçalik bajarib turgan Bahromjon Nosirboyeviç Haydarov şahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Eslatib ötamiz, 2016 yildan buyon Andijon şahriga hokimlik qilib kelgan Dilmurod Rahmatullayev 2019 yil avgust oyi oxirida lavozimidan ozod etilgan, uning örniga Andijon viloyati hokimligi moliya boş boşqarmasi boşliği sifatida işlab kelgan Bahromjon Haydarov vaqtinçalik hokim vazifasini bajaruvçi sifatida tayinlangandi.
Bahromjon Haydarov 1972 yilda Qirğiziston Respublikasi Öş viloyatida tuğilgan, 1995 yil Andijon iqtisodiyot va boşqaruv institutini (sirtqi), 1998 yil Özbekiston Bank-moliya akademiyasini (kunduzgi) tamomlagan.
1994 yilda Andijon viloyati hokimligi moliya boşqarmasida iş boşlagan Bahromjon Haydarov 2017-2019 yillarda boşqarma boşliği sifatida faoliyat körsatgan.








