Andijon şahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev işdan ketdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov

26 avgust kuni xalq deputatlari Andijon şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilingan. Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov iştirokida ötkazilayotgan mazkur yiğilişda Bahromjon Nosirboyeviç Haydarov vaqtinçalik hokim vazifasini bajaruvçi sifatida taniştirildi.

Bahromjon Nosirboyeviç Haydarov

Bahromjon Haydarov 1972 yil tuğilgan, ma'lumoti böyiça mutaxassisligi - iqtisodçi, moliya. U 2018 yil fevral oyidan buyon Andijon viloyati hokimligi moliya boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.

Eslatib ötamiz, Dilmurod Rahmatullayev 2016 yildan buyon Andijon şahriga hokimlik qilib kelayotgandi. U 2017 yilning kuzida Andijon şahridagi qator ta'lim muassasalarining rahbarlarini nojöya sözlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda maşhur bölgandi. 

Dilmurod Rahmatullayev 2018 yilning aprelida boş vazir iştirokida ötkazilgan videoselektorda şahar köçalarini obodonlaştiriş uçun, budjet taşkiloti xodimlari, jumladan, maktabgaça ta'lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt köçatlarini ança qimmat narxga sotib olişga majburlagani uçun hayfsan olgan, boş vazir u oxirgi marta ogohlantirilayotganini ma'lum qilgandi.