63 mlrd sömdan ziyod mablağni talon-toroj qilişda gumonlangan 45 nafar sudlanuvçining aksariyatiga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq jazo tayinlangan, şaharning sobiq hokimi Bahrom Haydarov 10 yil, sobiq prokuror Qurbonali Asqarov esa 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Bahrom Haydarovga bazaviy hisoblaş miqdorining 350 baravari, ya’ni 85 mln 750 ming söm jarima jazosi ham tayinlangan.
Tergov davomida jinoiy guruh tomonidan ömarilgan 67 mlrd söm mablağning 16 mlrd söm qismi pullar körinişida va 10 mlrd söm qismi köçmas mulk, jumladan, Tashkent cityʼdagi yangi xonadonlar, xorijiy avtomaşinalar va tilla taqinçoqlar körinişida davlat hisobiga undirilgan.
Zararning qolgan qismini sudlanuvçilardan solidar tartibda undiriş belgilangan.









