Germaniya janubi-ğarbidagi Trir-Saarburg hududida F-16 qiruvçi samolyoti halokatga uçradi. 

Amerikaning Şpangdalem aviabazasining jamoatçilik bilan aloqalar bölimi samolyot AQŞ harbiy-havo kuçlariga tegişli bölganligini va uni amerikalik uçuvçi boşqarganini ma'lum qildi.

Xabar qilinişiça, uçuvçi katapulta orqali samolyotni tark etişga ulgurgan, uni qidiruv guruhi topgan bölib, uçuvçi yengil jarohat olgan.

Mahalliy politsiya bölimining aniqlik kiritişiça, uçuvçi kasalxonaga olib ketilgan.

Voqea joyi qurşab olingan, bu yerda qutqaruv xizmatlari va politsiya işlamoqda.

Aviahalokat sabablari aniqlanmoqda.