Saudiya Arabistonida «An-Nasr» — «Al-Fath» uçraşuvi vaqtida hakamlar brigadasi ğalati sabab tufayli VAR tizimidan foydalana olmadi. Jurnalist Mutaz Çexadening yozişiça, vaziyatlardan birida öyin boş hakami töp darvoza çiziğini kesib ötgani yoki ötmaganini aniqlaş uçun tizimdan foydalanmoqçi bölgan, ammo tizim işlamagan.

Keyinroq ma'lum bölişiça, tizim şunçaki tarmoqdan uzilgan bölgan. Stadion xodimlaridan biri öz telefonini zaryadlaş uçun apparaturani öçirgan.

Öyinda «An-Nasr» 49-daqiqada hujumçi Firas al-Buraykan tomonidan urilgan gol evaziga ğalaba qozondi. Bu ğalaba evaziga «An-Nasr» oçkolari sonini 8taga yetkazib, turnir jadvalida 8-öringa kötarildi. «Al-Fath» esa (5 oçko) eng oxirgi örinda - 16-örinda joylaşib turibdi.

VAR tizimi futbolda 2016 yildan foydalana boşlandi. 2017 yilda uşbu tizim Konfederatsiyalar Kubogida qöllandi, 2018 yilda esa Rossiyadagi jahon çempionatida ham videotakrorlardan foydalanildi. Ayni vaqtda VAR tizimidan Yevropadagi yetakçi ligalar, şuningdek Çempionlar ligasi öyinlarida ham foydalaniladi.