“Suriya demokratik kuçlari” Suriyaning Ras al-Ayn şahrida turk armiyasiga zarba berişi natijasida 75 nafar turk harbiysi halok bölgan, 7 ta tank yöq qilingan. Bu haqda Firat kurd axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, yana 19 harbiy jarohat olgan.
12 oktyabrda Turkiya mudofaa vazirligi strategik ahamiyatdagi Ras al-Ayn şahri Turkiya qurolli kuçlari va “Suriya ozod armiyasi” tomonidan nazorat ostiga olinganini ma'lum qilgan.
Al Jazeera telekanalining xabar berişiça, Turkiya qöşinlarining keyingi maqsadi Raqqa viloyatidagi Tall-Obod şahri hisoblanib, u uçun 4-kun janglar ketmoqda. Turkiya armiyasi va “Suriya ozod armiyasi” şaharni qurşab olişga harakat qilmoqda. Ularning nazoratiga şahar atrofidagi 25 ta aholi punkti ötgan. Biroq şaharning şturm qilinişi katta yöqotişlar bölişi mumkinligi xavotiri sababli qoldirilmoqda. Turk uçuvçilari şahar ustidan tinç aholi şaharni tark etişga, kurd otryadlari esa qurolni taşlaşga çaqirilgan varaqalar soçmoqda.
SANA axborot agentligining xabar berişiça, turk aviatsiyasi zarbalari oqibatida kurd muxtoriyati ma'muriy markazi joylaşgan Qamişli şahridagi elektr stansiya işdan çiqqan.













