12 oktyabrda Toşkent metrosining Çilonzor liniyasida nosoz tarkib sababli harakat ma'lum vaqtga töxtab qoldi. Bu haqda “Toşkent metropoliteni” korxonasida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanişiça, soat 16:05da “Puşkin” va “Buyuk Ipak Yöli” stansiyalari orasida tarkib nosozligi sababli harakat töxtagan.
Yölovçilar “Puşkin” stansiyasida tuşirilganlar va u yerga nosoz poyezdga texnik kömak körsatiş uçun boşqa tarkib jönatilgan. Tegişli işlar bajarilgaç, harakat jadvalga köra tiklangan.
Metropoliten ma'muriyati yölovçilardan yetkazilgan noqulayliklar uçun uzr söragan.











