Toşkentda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti şafeligida «Zamonaviy harbiy mojarolar: mazmuni va olingan saboqlar» mavzusida birinçi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, anjumanda Qurolli Kuçlar akademiyasi boşliği örinbosari, polkovnik Ruftullo Niğmatov Afğoniston böyiça berilgan savollarga javob berdi.

«Afğonistondagi uruş 40 yildirki davom etmoqda. Buni tugatiş vaqti keldi. Asosiy e'tibor iqtisodiy jihatlarga qaratilişi kerak. Afğon xalqi uruşdan çarçadi. Ular tinçlik xohlaydi», – deya polkovnikning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbirdagi qatnaşçilardan bölgan YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Saşa Graumann ham sözga çiqdi.

«Kuni keça «Mehr-2» nomli operatsiya bilan Iroqdan 64 nafar bolalar yurtga qaytarib olib kelindi. Ötgan safar «Mehr-1» operatsiyasida 156 nafar ayollar va bolalar Özbekistonga qaytarilgan edi. Ayni vaqtda minglab nafar turli millatga mansub bolalar hali-hamon uruş öçoqlarida qolmoqda. Ular asosan ikki toifada deyiş mumkin. Birinçisi, harbiy harakatlarda bevosita qatnaşayotgan bolalar, ikkinçisi, uruş hududlarida kundalik hayotda işlatiladigan bolalar.

Bolalar masalasida butun dunyoda barça BMTga a'zo-davlatlarga majburiy bölgan Xavfsizlik kengaşining qoidalari mavjud. Oddiy misol, uruş vaqtlarda maktablarga qurolli hujum qiliş taqiqlanadi. Biroq 2018 yilda bu rekord darajaga çiqqan va bu hali ham davom etmoqda», – deya ta'kidlagan vakolatxona rahbari.