Biznes-ombudsman Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksdagi normaning konstitutsiyaga muvofiqligini tekşirişni sörab, konstitutsiyaviy sudga murojaat bilan çiqdi. Bu haqda Biznes-ombudsman axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil devoni tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor Ş.R.ning murojaati örganilgan.
Unga köra, 2025-yil 28-may kuni tadbirkorga tegişli mebel işlab çiqariş korxonasida yonğin sodir bölgan. Voqea yuzasidan jinoyat işi qözğatiş rad etilib, tadbirkor Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 211-moddasi 3-qismi (yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) böyiça javobgarlikka tortilgan hamda 750 ming söm miqdorda jarima qöllanilgan.
Uşbu qaror kassatsiya hamda Oliy sudning taftiş instansiyasi tomonidan özgarişsiz qoldirilgan. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 324-39-moddasiga köra, taftiş tartibidagi qaror uzil-kesil hisoblanib, u boşqa heç qanday sud instansiyasi tomonidan qayta körib çiqilişi mumkin emas.
“Şu bilan birga, xuddi şu voqea böyiça alohida yuritilgan tekşiruv natijasida taftiş instansiyasi qarori çiqqanidan keyin (2026-yil iyun oyida) sud-ekspertiza xulosasi va yakuniy tergov qarori qabul qilingan. Unga köra, yonğinning sababi mebel korxonasining elektr tarmoğidagi avariya holati bölgani va bu holat tadbirkorning aybi yoki qasddan qilingan harakatlari bilan boğliq emasligi ob’yektiv tarzda aniqlangan.
Amaldagi normaning uzil-kesillik qoidasi sababli uşbu yangi, tadbirkorning aybsizligini tasdiqlovçi dalillar heç qanday sud instansiyasi tomonidan körib çiqilmagan. Oqibatda 750 ming sömlik ma’muriy jarima töğrisidagi qaror bugungi kunga qadar kuçda qolmoqda”, deyiladi xabarda.
Vakil devoni uşbu holatni konstitutsiyasining aybsizlik prezumpsiyasi (28-modda), inson huquq va erkinliklarini ta’minlaş davlatning oliy maqsadi ekanligi (54-modda) hamda har kimning huquqlarini xolis sud orqali himoya qiliş va buzilgan huquqlarni tiklaş huquqi (55-modda) qoidalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan baholanişi zarur, deb hisoblamoqda.
Şunga asosan, Biznes-ombudsman Konstitutsiyaviy sudga rasmiy murojaat yöllagan. Unda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 324-39-moddasini Konstitutsiyaning 28, 54 va 55-moddalariga muvofiqligini tekşiriş söralgan.













