AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Suriya şimolidan qöşinlarni olib çiqib ketmoqda, ular Manbijni tark etişdi, deb xabar qildi koalitsiya vakili polkovnik Mayls Kaggins.

"Koalitsiya kuçlari Suriya şimoli-şarqidan olib çiqib ketilmoqda. Biz Manbijni tark etdik", - deb yozdi u Twitter sahifasida.

Manbij şahrini sönggi paytga qadar Amerika qöşinlari qöriqlayotgan, kurdlar esa nazorat qilib kelayotgandi. 

Eslatib ötamiz, 9 oktabr kuni Turkiya qurolli kuçlari kurd qurolli tuzilmalarini siqib çiqariş uçun Suriya şimoli-şarqida "Tinçlik buloği" operatsiyasini boşladi. Turkiya aviatsiyasi öşa kuni ikki davlat çegarasidagi Ras-al-Ayn va boşqa şaharlarga zarba berdi. Keyinroq esa yerusti operatsiyasi boşlanganligi e'lon qilindi.