Yadro uruşi yuz berişi xavfi oşmoqda, jahondagi vaziyat xavfliga aylanmoqda. Bunga esa köplab, jumladan davlatlar örtasida özaro işonçning tobora yöqolayotgani, muloqotning yetişmasligi, fan va yangi texnologiyalarning tez rivojlanişi kabi sabablar bor. Bu haqda BMT boş kotibining qurolsizlaniş masalalari böyiça örinbosari Idzumi Nakamitsu “Kommersant” naşriga intervyusida aytib ötdi.
“Köplab tahliliy taşkilotlar, qurollanişni nazorat qiliş böyiça mutaxassislar yadro uruşi xavfi oşayotganini aytişmoqda. “Qiyomat qoyim” soati yana 2 ta kam yarimtunga qaytarildi. Vaziyat yana xavfli tus olayotganidan jiddiy xavotir bor. Men buning uçun köplab sabablar körmoqdaman”, deb aytgan Nakamitsu. Uning aytişiça, “afsuski, davlatlar, jumladan yadro davlatlari örtasidagi özaro işonçga jiddiy futur yetgan”.
“Muloqotning yetişmasligini ham qayd etiş zarur. Körinişiça, yetakçi va boşqa davlatlar diplomatiya, muzokaralar va muloqotdan köra harbiy imkoniyatlarni qadrlamoqdalar”, deb ta'kidlab ötgan BMT vakili.
Şuningdek, xalqaro aloqalarning yomonlaşayotgani kuzatilmoqda. “Köz öngimizda taskin bermaydigan vaziyat avj olmoqda”, deb aytgan Nakamitsu.
Mutaxassis “fan va yangi texnologiyalar jadal rivojlanayotganiga” ham e'tibor qaratgan. “Biz bu yadro sohasiga qanday ta'sir qilişini aniq bilmaymiz, biroq köpçilik aqalli kiberhududdagi zararli faoliyat oqibatlari, sun'iy ongni qöllab qurol işlatiş, gipertovuşli va strategik oqibatlarga ega bölişi mumkin bölgan oddiy qurollar qöllaş oqibatlari qanday bölişini yaxşiroq anglaş zarurligi haqida gapirmoqda”, deb ta'kidlab ötgan BMT vakili.












