Özbekiston Respublika tovar-xomaşyo birjasi boşqaruv raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi tayinlandi. Bu haqda «ÖzRTXB» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, «ÖzRTXB» AJ Kuzatuv kengaşining 2019 yil 16 oktyabrdagi bayonnomasiga muvofiq Ziyoviddin Bositoviç Badriddinov «ÖzRTXB» AJ boşqaruv raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi lavozimini egalladi.
Ma'lumot uçun, Ziyoviddin Badriddinov öz vaqtida Vazirlar Mahkamasi Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantiriş masalalari axborot-tahlil departamenti Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Respublika Hukumatining hududlarni rivojlantirişning tizimli muammolari böyiça topşiriqlari amalga oşirilişini nazorat qiliş şö'basining Özbekiston Respublikasi Prezidentining topşiriqlari amalga oşirilişini nazorat qiliş masalalari böyiça boş mutaxassisi lavozimida işlagan.
«ÖzRTXB» AJ raisi AJ faoliyatini boşqaradi, qonunlarni, Prezident qarorlarini, farmonlarini, Hukumat buyruqlarini, aksiyadorlar umumiy majlisining, Nazorat kengaşining va Boşqarmaning qarorlarini bajarilişini nazorat qiladi;
öz faoliyatini «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonuni, AJ «ÖzRTXB» Nizomi va birja faoliyatiga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida olib boradi;
«ÖzRTXB»ning iş rejasini işlab çiqadi va tasdiqlaydi;
ştat jadvalini tasdiqlaydi, işçilar bilan mehnat şartnomalarini tuzadi va bekor qiladi, xodimlarga iş uçun şaroitlar yaratilişini va maoşlarini öz vaqtida berilişini ta'minlaydi;
AJni malakali kadrlar bilan ta'minlaşda, ularning bilimi, malakasi, tajriba va qobiliyatlarini samarali qöllaşda çoralar köradi;
aksionerlarning umumiy majlisi va Nazorat kengaşi uçun belgilangan muddatlarda öziga tegişli sohada olib borilayotgan işlar haqida hisobot beradi;
tegişli organlarga statistik hisobotlarning töliqligini va vaqtida bajarilişini ta'minlab beradi;
mehnat qonunçiligida közda tutilgan birjada amal qiladigan içki rasmiy hujjatlarni tasdiqlaydi;









