Germaniyada harbiy-öquv maşqlari ötkazilmoqda. Unda yadro quroli va bombardimonçi samolyotlar ham qatnaşayotgani xabar qilinmoqda. 

NATO Germaniyada Steadfast Noon maxfiy harbiy-öquv maşqlarini ötkazayotgani oşkor böldi. Unda qiruvçi-bombardimonçi samolyotlar va yadro qurollarini samolyotlarga ortiş könikmalari ham maşq qilinmoqda, deb xabar qilmoqda DW.

Germaniya Qurolli kuçlari va uning NATO böyiça ittifoqçilari iştirok etayotgan maxfiy maşğulotlar ssenariysida yadro uruşi holati taxmin qilingan. Steadfast Noon (Tebranmas tuş) deb nomlangan amaliy maşqlar doirasida yadro qurolini elta oladigan qiruvçi-bombardimonçi jangovar samolyotlar ham qatnaşmoqda.  

Foto: Wikipedia (gemeinfrei), krone.at-Grafik

Bundan taşqari, harbiylar yadro qurolini yerosti omborxonalaridan samolyotlarga xavfsiz taşiş va örnatiş könikmalarini ham özlaştirişmoqda. Ta'kidlanişiça, öquv parvozlari bombalarsiz ötkazilmoqda. Tarmoqda tarqagan suratlarda Italiya aviatsiyasi ham bevosita amaliyotlarda iştirok etayotganini köriş mumkin.  

Germaniya Bundesveri maşğulotlarga Panavia Tornado jangovar samolyotlarini yuborgan. Bu samolyotlar Ayfeldagi Byuxel aviabazasida joylaşgan bölib, uşbu aviabazada Amerikaning B61 bombalari ham saqlanişi aytilmoqda. Biroq, hozirça, bu xabar rasman tasdiqlanmagan. Agentlik ma'lumotiga köra, Amerika yadro quroli, şuningdek, Italiya, Belgiya, Turkiya va Niderlandiyada saqlanayotgan bölişi mumkin.