Ilmiy darajalar beriş tartibi töğrisidagi nizom loyihasi e'lon qilindi. Tegişli hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylaştirilgan.

Ilmiy darajalar belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan yoki talablarga javob bergan, muayyan fan tarmoğida çuqur kasbiy bilimga, ilmiy yutuqlarga ega bölgan yuksak ma'naviyatli şaxslarga beriladi.

Tibbiyot fanlari böyiça dissertatsiya himoya qiliş – tibbiyot sohasi böyiça oliy ma'lumotga, veterinariya fanlari böyiça dissertatsiya himoya qiliş – veterinariya sohasi böyiça oliy ma'lumotga ega bölgan şaxslarga ruxsat etiladi.

Dissertatsiya izlanuvçi ötkazgan tadqiqotlar va e'lon qilgan ilmiy işlar asosida tayyorlanadi. Dissertatsiyani rasmiylaştiriş va uni himoya qiliş izlanuvçining xohişiga köra özbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki OAK bilan kelişilgan holda boşqa tilda amalga oşiriladi.

Talabgor, ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatçi tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilaş hamda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining mazmuni uçun mas'ul hisoblanadi.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaş va ularni attestatsiyadan ötkazişga oid qonun hujjatlarida belgilangan talablarni töliq bajargan, jumladan ixtisoslik böyiça malakaviy imtihon (imtihonlar)ni topşirgan izlanuvçilar dissertatsiyani himoya qilişga qöyiladi.

Tadqiqotlar amalga oşirilgan muassasa xulosasi va Ilmiy kengaş taqdimnomasi asosida OAK Rayosati qarori bilan istisno tariqasida, quyidagilarga dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilişi mumkin.

Ilmiy yangiligi dolzarb bölgan patentlar bilan muhofaza qilingan ixtiro patenti va seleksiya yutuqlari patenti muallifiga:

fan doktori (DSc) ilmiy darajasi - kamida 3 ta ixtiro patenti yoki seleksiya yutuqlari patenti asosida fan va texnologiyalarni rivojlantiriş, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qöşiş hamda ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinişi asosida salmoqli samara olingan bölişi;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi - ixtiro patenti yoki seleksiya yutuqlari patenti asosida fan va texnologiyalarni rivojlantiriş, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qöşiş hamda ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinişi asosida salmoqli samara olingan bölişi;