Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil boshida mamlakatda falsafa doktori - PhD ilmiy darajasiga, shuningdek, xorijiy davlatlarda olingan fan nomzodi yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega mutaxassis-tadqiqotchilar soni 15,5 ming nafarni tashkil etgan.
Hisobotga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2025 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 1,4 ming nafarga yoki 9,9 foizga oshgan.
Shu bilan birga, fan doktori - DSc ilmiy darajasiga ega mutaxassis-tadqiqotchilar soni 4,8 ming nafarga yetgan. Bu ko‘rsatkich bir yil ichida 1,8 ming nafarga yoki 60 foizga o‘sgan.











