Şermatov Facebook`dagi sahifasida bunday tizimni yaratiş uçun ekspertlarni hamkorlikka çaqirdi.

«Tilni örganişda nafaqat grammatika, balki hayotda u tildan foydalaniş uçun könikmalar hosil qiliş juda muhim. Lekin, şu vaqtgaça IELTSdagi kabi barça 4ta könikma (öqiş, yoziş, gapiriş va eşitiş)ni xolis baholaydigan tizim özbek tili uçun yaratilmagan», – deb yozadi u.

Xalq ta’limi vaziriga köra, agar şunday tizim işlab çiqilsa, maktab öquvçilarining özbek tilini yanada yaxşiroq örganişga, yaxşiroq öqib tuşunişga, ravon gapirişga, öz fikrlarini bemalol yozma ifoda etişga imkoniyat yaratiladi.

«Yaxşi işonçli tizim yaratilsa, uni keyinçalik Davlat test markazi bilan hamkorlikda Oliy ta’lim muassasalariga ham kiriş imtihonlarida joriy qilsa böladi», – deb fikr bildirdi Şerzod Şermatov.

Uning sözlariga köra, hozir bu törtta könikmani ingliz tilida baholaş uçun xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda kompyuterdagi test tizimi ham yaratilgan. Lekin bu tizimdan özbek tilidagi könikmalarni baholaşda foydalaniş uçun özbek tili mutaxassislari, ayniqsa test tuziş böyiça mutaxassislar kerak.

«Biz şunday mutaxassislarni izlayapmiz. Kuçli ekspertlarga qilgan işlari uçun tegişli mablağ ajratiladi», – deya qayd etgan vazir.

XTV rahbari öz postida keça, 21 oktabr kuni mustaqil Özbekiston tarixida birinçi marta Davlat tili bayrami davlat rahbari iştirokida nişonlanganini eslab ötgan.

«Kuçli va fidoyi mutaxassislarni yiğa olsak va yangi baholaş tizimini yaratsak, barça ta’lim muassasalaridagi öquvçilar uçun juda foydali bölar edi. Bu esa, öz navbatida, özbek tili davlat tili deb belgilanganining 30 yilligi uçun öziga xos yaxşi sovğa böladi», – deydi Şerzod Şermatov.