Forum moderatori, fizika-matematika fanlari doktori Ivan Oseledets boş vazirga yuzlanarkan, sözini Özbekistonning ming yillik tarix va ajoyib oşxonaga ega mamlakat ekanini e'tirof etişdan boşladi. Söngra aksariyat tanişlari Özbekistonni heç qanday ijtimoiy tarmoqlar bölmagan, raqamli sivilizatsiyadan çarçaganlar rohatlanib dam olişi mumkin bölgan mamlakat deb bilişini aytdi.

«Respublika mustahkam raqamli taraqqiyot yölidan bormoqda. Özbekiston bu sohada nimalarni asosiy vazifa deb biladi?», deya savol berdi u.

«Albatta, Özbekistonda bölmaganlar şunday fikrlasa kerak. Birinçidan, Özbekiston zamon bilan, dunyo bilan teng qadam taşlamoqda, birgalikda rivojlanmoqda. Bizda ham raqamli texnologiyalar rivojlanib boryapti va biz boşqalar bilan oramizdagi farqni qisqartiriş uçun harakat qilmoqdamiz», – dedi Abdulla Aripov unga javoban.

Hukumat rahbarining sözlariga köra, raqamli infrastruktura bilan ta'minlanganlik borasida mamlakatlar örtasidagi farq va notenglik saqlanib qolmoqda. Xalqaro elektr aloqa ittifoqining ma'lumotlariga köra, Yer yuzi aholisining 40 foizdan ortiği internetdan foydalaniş imkoniyatiga ega emas. 

«Biz mamlakat aholisining yarmi istiqomat qiladigan qişloq joylarni raqamli imkoniyat bilan ta'minlaş muammosiga töqnaş kelganmiz. Menimça, bu muammo köplab davlatlarda mavjud. Uşbu muammoni hal qiliş uçun respublikada raqamli infrastrukturani rivojlantiriş böyiça maxsus prezident dasturi amalga oşirilmoqda.

Xususan, kelgusi yil oxirigaça, mamlakatdagi barça ijtimoiy obektlar, xususan maktablar, maktabgaça ta'lim muassasalari va tibbiyot muassasalari, ya'ni 20 mingdan ortiq obektlar optik tolali aloqaga asoslangan keng polosali internet bilan qamrab olinadi.

Mobil tarmoqlar abonentlari sonini 20-23 million nafarga yetkaziş rejalaştirilgan», – dedi Aripov.

Uning qöşimça qilişiça, Özbekistonda muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilgan 5G mobil tarmoğini 2020 yilda Toşkent şahrida tijoriy işga tuşiriş maqsad qilingan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston boş vaziri – mutaxassisligi böyiça elektroaloqa muhandisi. U uzoq yillar mazkur sohada rahbarlik lavozimlarida işlab kelgan.

«Özbekistonda 5G tarmoği bir yarim yilda işga tuşirilişi mumkin» – «Özbektelekom»