AQŞning Ukrainadagi elçisi lavozimini bajaruvçi Uilyam Teylor AQŞ kongressida AQŞ prezidentiga qarşi impiçment jarayonida körsatma berdi. Bu haqda The Washington Post naşri xabar berdi.
Teylorning ta'kidlaşiça, AQŞning sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenning öğli Xanter işlagan Burisma kompaniyasiga nisbatan tergov ötkazilişi Trampning ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uçraşişining şarti bölgan. AQŞ elçisining ma'lum qilişiça, Tramp Zelenskiydan tergov borayotgani haqida bayonot berişni talab qilgan. Bundan taşqari, Ukraina prezidenti CNN telekanaliga intervyu berib, kerakli gaplarni aytişi közda tutilgan. Teylorning ta'kidlaşiça, aks holda Tramp Kiyevga moliyaviy yordam ajratişni töxtatiş bilan tahdid qilgan.
Şuningdek, AQŞning Ukrainadagi maxsus elçisi Kurt Volker, Yevropa Ittifoqidagi elçisi Gordon Sondlend, energetika vaziri Rik Perri va Trampning advokati Rudi Juliani “AQŞning Ukrainadagi siyosatining norasmiy kanali”ning bir qismi bölgan.
AQŞ kongressi quyi palatasi Trampga qarşi impiçment jarayonini 25 sentyabrda boşlagandi. Bunga Trampning Zelenskiy bilan iyuldagi telefon orqali suhbati sabab bölgan: Demokratik partiya a'zolari Tramp Xanter Baydenga qarşi korrupsiya işi böyiça tergov boşlaş uçun Zelenskiyga bosim ötkazganini isbotlaşmoqçi.
Baydenlar atrofidagi mojaro OAVda Xanter Bayden 2014 yil bahoridan 2015 yil kuzigaça Burisma Holdings ukrain kompaniyasidan millionlab dollar olgani haqidagi maqolalar paydo bölgandan keyin avj olgan. Öşa vaqtda uning otasi Jo Bayden AQŞning Ukraina böyiça maxsus vakili bölgan.













