Bugun, 22 oktabr kuni Özbekiston Mudofaa vazirligining Şimoli-ğarbiy harbiy okrug qöşinlari qömondoni, polkovnik Dilşod Çoriyev boşçiligidagi harbiy delegatsiya rasmiy taşrif bilan Qozoğistonga jönab ketdi.
«Özbekiston delegatsiyasi Qozoğistonning «Janub» Regional qömondonligida bir neça kunlik safari davomida qöşinlar boşqaruvi hamda ularning jangovar va operativ tayyorgarligi bilan yaqindan tanişib, tajriba almaşişi közda tutilgan», deyiladi Şimoli-ğarbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.
Eslatib ötamiz, şu yilning 27 sentabr kuni Qozoğistonning «Janub» Regional qömondonligi qömondoni general-mayor Kaydar Karakulov rahbarligidagi harbiy delegatsiya rasmiy taşrif bilan Özbekistonga kelgan edi. Taşrif davomida «Janub» Regional qömondonligi qömondoni Şimoli-ğarbiy harbiy okrugi harbiy qism va muassasalarning infratuzilmasi, harbiy mutaxassislarni tayyorlaş jarayonlari hamda öquv-moddiy baza bilan tanişgan edi. Unda mudofaa sohasida özbek-qozoq hamkorligining istiqbollari muhokama qilinib, harbiy yönalişda özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş böyiça fikrlar berilgandi.







