Poytaxtning qulay hududida joylashgan «Qoraqamish 2/4» turar-joy majmuasi qurilishi yakunlandi va foydalanishga topshirildi. Uchta besh qavatli uylar xonadonlari o‘z egalarini kutmoqda.

Siz bu yerda barcha talablarga javob beruvchi  yorug‘, keng va shinam xonadonlarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga turish mumkin.

Qulayliklari

Turar joy majmuasi  atrofi o‘ralgan bo‘lib, kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Bu yerda qo‘riqlash xizmati doimiy faoliyat olib boradi. Shunday ekan, farzandingizni uyda yolg‘iz qoldirishdan ortiq tashvish tortmang. Mulkingiz xavfsizligi va oilangiz tinchligi ham doimiy nazorat ostida.

Turar joy majmuasining umumiy maydoni 0.7 ga.ni tashkil etib, hududda yer usti avtomobil turargohlari joylashgan, uy hovlisida «yashil hudud» barpo qilingan, bolalar uchun o‘yingoh ham tashkil etilgan va zamonaviy favvora ham ishlab turibdi. Og‘ir ish kunidan so‘ng dam olishga qulay va tinch joy qidirishga hojat yo‘q. Bundan tashqari, turar joy majmuasiga alohida uy-joy shirkati xizmat ko‘rsatadi.

Xonadonlar

Turar joy majmuasi xonadonlari balandligi 3.20 metr bo‘lib, har bir xonaga zamonaviy rom va kirish eshiklari o‘rnatilgan. Xaridorlarga keng tanlov imkoniyati yaratilgan. Bu yerda siz ta'mirlangan yoki ta'mirlanmagan uylarni sotib olishingiz mumkin. Xonadonlarning kengligi ham turlicha. O‘z xohishingizga qarab tanlovni amalga oshiringiz mumkin. Har bir kvadrat metr joyning narxi 5 million so‘mdan boshlab narxlanadi.