Saudiya Arabistonining Madina hududida uran konsentratsiyasi istiqbolli bölgan 110 million tonnaga yaqin ruda topildi. Bu haqda qirollik energetika vaziri şahzoda Abdulaziz bin Salmon Vena şahrida bölib ötgan XAEA boş konferensiyasida maʼlum qildi, deb xabar berdi The National News.
Kon Jabal-Said loyihasidagi geologiya-qidiruv işlari doirasida aniqlangan. Urandan taşqari, ruda tarkibida kamyob yer elementlarining, ayniqsa oğir elementlarning yuqori konsentratsiyasi mavjudligi aytilmoqda.
Vazirning sözlariga köra, oçilgan kon dunyodagi nodir yer resurslarini özlaştiriş böyiça eng muhim konlardan biriga aylanadi. Şu bilan birga, gap rudaning umumiy hajmi - uranning aniq miqdori va iqtisodiy jihatdan qazib oliş mumkin bölgan resurslar hajmi haqida bormoqda, ular hali oçiqlanmagan.
Oçiliş Saudiya Arabistoni va AQŞ tinç atom sohasidagi hamkorligi kengayişi fonida yuz berdi. Iyul oyida mamlakatlar atom energetikasida uzoq muddatli hamkorlikni nazarda tutuvçi fuqarolik yadroviy hamkorlik töğrisidagi bitimni imzolagan edi.
Saudiya Arabistoni ham özining yadro yoqilğisini işlab çiqariş zanjirini rivojlantirmoqda va milliy atom dasturi doirasida uranni qazib oliş va qayta işlaş imkoniyatlarini örganmoqda.
Iyul oyida AQŞ prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Saudiya Arabistoniga yadro quroli işlab çiqarilişining oldini olişga qaratilgan xalqaro kafolatlarni joriy etmasdan uranni boyitiş bilan şuğullanişga ruxsat berişga oldindan rozi bölgan edi.
CNN bilan suhbatlaşgan ekspertlar, agar qatʼiy kafolatlar joriy etilmasa, kelişuv Saudiya Arabistoniga yadroviy qurolga ega böliş yölini oçişi mumkinligini aytmoqda. Şu bilan birga, avvalroq mamlakat valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon agar Eron öz bombasini yaratsa, yadro qurolini yaratiş bilan tahdid qilgan edi.
Saudiya Arabistoni 1988-yildan buyon Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaning tölaqonli iştirokçisi, şuningdek, Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) aʼzosi hisoblanadi. Mamlakat yadroviy yoqilğini xorijdan sotib oladi, şu bilan birga yadroviy infratuzilmani mustaqil ravişda rivojlantiradi. Mamlakat strategiyasi bosim ostidagi suvli yirik reaktorlar, kiçik modulli reaktorlar (KMR) va uranning içki zaxiralaridan foydalaniş uçun töliq yadroviy yoqilği siklini rivojlantirişga qaratilgan.

















