Amazon asosçisi va rahbari Jyeff Bezos öz kompaniyasi hisobotidan keyin bir kun içida 7 mlrd dollar yöqotdi. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.
24 oktyabrda Amazon 3-çorakda olingan daromadlar haqida hisobot bergan, biroq körsatkiçlar kutilgandan pastroq bölgan. Bu yangiliklar ortida kompaniya aksiyalari 9 foizga arzonlaşib ketgan.
Aksiyalar arzonlaşgani sababli Bezos 6,9 mlrd dollar yöqotgan. Unga hozirda kompaniyasining 57,6 mlnta aksiyasi tegişli.
2018 yilda Bezos dunyoning eng boy odamiga aylanib, boyligi 150 mlrd dollardan oşgan. U rafiqasi bilan yanvarda ajraşgandan keyin kapitali kamayganiga qaramay hali ham milliarderlar röyxatida 117 mlrd dollar bilan 1-örinni egallamoqda.












