Özbekistondagi barça umumta'lim maktablarida II çorakdan boşlab dars va maşğulotlar davlat madhiyasini kuylaşdan boşlanadi. Bu haqdagi ma'lumotni Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Anvar Umarov Kun.uz’ga tasdiqladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda vazir örinbosari Dilşod Kenjayev tomonidan 2019 yil 17 oktabr kuni imzolangan hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri, Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalari boşliqlariga hamda vazirlik tasarrufidagi ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim maktablari rahbarlariga yuborilgan xat fotosurati tarqaldi.
Unda aytilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrdagi videoselektor majlisi bayonining 6-bandi ijrosini ta'minlaş maqsadida, 2019-2020 öquv yilining II çoragidan boşlab barça maktablarda darslar va maşğulotlar har kuni Özbekiston Respublikasining davlat madhiyasini öquvçilar tomonidan jör bölib kuylaşdan boşlanadi.
Bu öquvçilarda vatanparvarlik hissini rivojlantiriş hamda davlat ramzlariga nisbatan hurmatni mustahkamlaş maqsadida amalga oşirilişi aytiladi. Mansabdor şaxslardan bu boradagi işlarni yölga qöyiş borasida tegişli çoralar köriş söralgan.












