Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahri, Çiroqçi va Mirişkor tumanlari hokimlari işdan olindi.

Avvalroq, xalq deputatlari Qaşqadaryo viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötişi xabar berilgandi. 

Yiğilişda Qarşi şahri, Çiroqçi va Mirişkor tumanlarining amaldagi hokimlari masalasi körib çiqilib, ular işdan olingan.

Bundan taşqari, Kitob tuman hokimi öz arizasiga köra vazifasidan ozod etilgan. 

Eslatib ötamiz, Qarşi şahrida Jamşid Fozilov hokim sifatida işlab kelayotgandi. Prezident 2018 yil dekabrida Qaşqadaryo viloyatiga amalga oşirgan taşrifi yakunida ötkazilgan videoselektorda Qarşi şahri hokimi Jamşid Fozilovning faoliyatini jiddiy tanqid qilgan, Qarşi şahri «törtligi» jiddiy ogohlantirilgandi.

Jamşid Fozilov

Çiroqçi tumanida esa Rustam Jöraqobilov hokim edi. U bu lavozimda 2017 yilning 16 martidan beri işlayotgandi.

Mirişkor tumanining endilikda sobiq hokimi Ravşan Komilov ham lavozimiga 2017 yilning 16 martida tayinlangan. U bundan avval Çiroqçi tumani hokimi vazifasida işlab kelgan.

Ravşan Komilov

Öz arizasiga köra vazifasidan ozod etilgan Kitob tumani sobiq hokimi Rustam Sa'dullayev 2017 yil aprel oyida bu lavozimni egallagandi.

 Avvalroq, Zoyir Mirzayev Qaşqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangani xabar qilingandi.