Davlat xaridlari tizimi yanada takomillaştiriladi. Prezidentning bu haqdagi tegişli qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “Xöjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ–3487-son qarori ilovasiga muvofiq röyxati tasdiqlangan, tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) xarid qilişning alohida tartibi belgilanadigan taşkilotlarning xaridlarini davlat xaridlari böyiça maxsus axborot portalida e'lon joylaştiriş orqali amalga oşiriş tartibi joriy etilişi mumkin.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq strategik ahamiyatga ega xöjalik jamiyatlari va korxonalar:
davlat xaridlari doirasida tuzilgan şartnomalar töğrisidagi ma'lumotlarni, ular tuzilgan sanadan boşlab uç kundan keçiktirmasdan davlat xaridlari böyiça maxsus axborot portaliga joylaştiradi;
xaridlarni elektron davlat xaridlari orqali korporativ buyurtmaçilar uçun qonun hujjatlarida belgilangan mezonlarga muvofiq amalga oşirişga haqli.
Korporativ buyurtmaçilar, şu jumladan strategik ahamiyatga ega xöjalik jamiyatlari va korxonalar tomonidan amalga oşiriladigan davlat xaridlari böyiça tölovlarni amalga oşiriş sxemasi tasdiqlanadi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Davlat statistika qömitasi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvarga qadar korporativ buyurtmaçilar, şu jumladan strategik ahamiyatga ega xöjalik jamiyatlari va korxonalar tomonidan amalga oşiriladigan davlat xaridlari böyiça tölovlar monitoringini olib boriş imkonini beradigan elektron ma'lumot almaşinuvini yölga qöyiş maqsadida davlat xaridlari böyiça maxsus axborot portaliga Özbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot tizimlarining integratsiya qilinişini ta'minlaydi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan boşlab agar davlat xaridlari böyiça tanlov va tenderda xorijiy yetkazib beruvçilar bilan birga mahalliy işlab çiqaruvçilar (iş bajaruvçilar, xizmat körsatuvçilar) iştirok etsa, ularga 20 foizgaça miqdorda narx imtiyozlari beriladi.
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “Özstandart” agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xaridlari tizimida mahalliy işlab çiqaruvçilar (iş bajaruvçilar, xizmat körsatuvçilar)ga mahsulotning sifati, texnologik xususiyatlaridan kelib çiqib va xizmat qiliş davrini inobatga olgan holda 20 foizgaça miqdorda narx imtiyozlari beriş tartibini tasdiqlaş böyiça Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, bunda mazkur tartibning oçiq, şaffof bölişini ta'minlaydi.











