Umumiy örta ta'lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik yönalişiga ixtisoslaştirilgan sinflar taşkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Xalq ta'limi vazirligining umumiy örta ta'lim maktablarining harbiy-vatanparvarlik yönalişiga ixtisoslaştirilgan sinflari faoliyatini 7-11-sinf hajmida taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Belgilab qöyilişiça:
umumiy örta ta'lim maktablarining harbiy-vatanparvarlik yönalişiga ixtisoslaştirilgan sinflarida öqiş muddati beş yildan iborat böladi;
2019-2020 öquv yilida ixtisoslaştirilgan sinflarga 7-sinfdan boşlab 30 nafar öquvçi qabul qilinadi;
ixtisoslaştirilgan sinflar uçun kerak böladigan maxsus sport jihozlari, öquv maqsadlarga möljallangan qurol-aslaha va harbiy-texnik mulk namunalari va parametrlari Milliy gvardiya tomonidan işlab çiqiladi;
ixtisoslaştirilgan sinflarda öquv maşğulotlarining taşkil etilişi uçun zarur şaroitlar yaratiş va maxsus harbiy-texnik va qurol-aslahalardan foydalaniş böyiça amaliy maşğulotlar Xalq ta'limi vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga:
ixtisoslaştirilgan sinflarga öquvçilarni qabul qiliş jarayonlarini taşkil etilişi va ötkazilişini qat'iy nazoratga oliş;
öquvçilar, ularning ota-onalari yoki örnini bosuvçi şaxslar, jamoatçilik örtasida ixtisoslaştirilgan sinflarga öquvçilarni qabul qiliş tartibi, ulardagi ta'lim-tarbiya jarayoni haqida tuşuntiriş işlarini olib boriş;
ixtisoslaştirilgan sinflarga öquvçilar qabuli yuzasidan umumiy örta ta'lim maktablarida komissiya taşkil etilişini va ularning belgilangan tartibda faoliyat yuritişini ta'minlaş;
har yilning 1 avgustiga qadar qabul jarayonlari uçun jismoniy tayyorgarlik topşiriqlarini tayyorlaş va test sinovlari uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş;
ixtisoslaştirilgan sinflar uçun öquv reja va dasturlarni zamonaviy talablar asosida takomillaştiriş, ayrim fanlarni çuqurlaştirilib öqitilişini joriy etiş bilan birga öquvçilarning qöşimça ravişda mustaqil bilim olişlari uçun yetarliça şaroitlar yaratiş;












