Telegram’dagi Insider.uz kanalida joriy yilning 22 dekabr kuni bölib ötadigan saylov natijalariga köra parlamentda yuqori örin egallagan partiya tomonidan boş vazirlikka ilgari surilişi e'lon qilingan nomzodlarni tanlaş borasida anonim sörov ötkazilmoqda.

Avvalroq Kun.uz naşri yoritgan natijalarga köra, boş vazirlikka ilgari surilişi e'lon qilingan Özbekiston XDP nomzodi Oçilboy Ramatovga umumiy sörovnoma (3005 kişi) iştirokçilaridan 37 foizi (1070 kişi) ovoz bergan edi.

Hozirda bu sörov yanada ommalaşib, oxirgi natijalarga köra partiya vakili Oçilboy Ramatov nomzodi 67 foiz ovoz töplagan. Tahlil qilinsa, bu barça javob variantlari umumiy sonidan ikki barobar köp ovozga töğri kelmoqda, deb yozmoqda Özbekiston XDP Markaziy Kengaşi axborot xizmati.

Soat 11:30 holatiga sörovnomada 20,1 ming kişi iştirok etgan va Oçilboy Ramatovning körsatkiçlari 63 foiz (12664 kişi) bölib turibdi.

Qiziği, «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi hukumat rahbarligiga aniq nomzodini körsatmagan bölsa-da, ularning sirli nomzodi uçun 1 foiz (266 kişi) ovoz berilgan.