Yangilik jamoatçilik orasida katta qiziqiş bilan kutib olindi, turli taxminlar, farazlar ilgari surilmoqda.
Telegram'dagi Insider.uz kanali nomzodlardan qay biri Boş vazirlikka maqbulligi borasida öz öquvçilari orasida sörovnoma ötkazdi.

3 mingdan ortiq respondent qatnaşgan sörovnomada amaldagi Boş vazir Abdulla Aripov nomzodini 22 foiz (670 kişi) kişi qöllab-quvvatlagan.
Eng köp ovozni boş vazir örinbosari, Transport vaziri töplab turibdi. 37 foiz iştirokçi (1070 kişi) Oçilboy Ramatovga ovoz bergan.
Uçinçi örinda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bormoqda. Uning nomzodini respondentlarning 22 foizi (640 kişi) yoqlab çiqqan.
«Milliy tiklaniş»ning noma'lum nomzodi 2 foiz, Ekopartiya vakili – «Özkimyosanoat» rahbari Odil Temirov 2 foiz ovoz yiğgan.
Bu nomzodlarning barçasiga qarşi ovoz berganlar soni ham salmoqligina — 18 foiz (540 kişi)
Eslatib ötamiz, bundan oldin Kun.uz Özbekistondagi siyosiy partiyalar parlament saylovlarida ğolib çiqsa, Boş vazir lavozimiga kimni ilgari surişi borasida ma'lumot bergan edi.











