Qurilma siğimi 31 litrni taşkil qiluvçi standart çamadonlar kabi bölib, uning ğildiraklari va tortib çiqariluvçi tutqiçi bor. Ölçamlari 555 x 384 x 200 mmni, oğirligi 4,5 kgni taşkil qiladi. 

Tutqiçga kamera örnatilgan bölib, u yuzlarni taniş funksiyasi bilan jihozlangan. Çamadon harakatlanişi uçun uning egasi yuzini kamerada skanerlaşi lozim. Gadjet uşbu kamera yordamida, şuningdek, möljal oladi.

Qurilma ğildirakçalaridagi 4 motor bilan harakatga keltiriladi. U maşinaviy öqitiş hisobiga tösiqlar va odamlarni çetlab öta oladi. Çamadon 92 Vt-soatlik akkumulyatordan quvvatlanadi.

Kompaniyada ta'kidlanişiça, qurilma töliq quvvatlangan holda 20 km yöl bosa oladi. Töliq quvvatlanişi uçun esa 5 soat talab etiladi. Gadjetni mobil dastur orqali ham boşqariş mumkin. Çamadonning narxi 280 dollarni taşkil qiladi.