«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati ma'lum qilişiça, Afğoniston Islom Respublikasining «Da Afghanistan Breshna Sherkat» (DABS) ijroçi direktori janob Omonullo Ğolibdan aksiyadorlik jamiyati boşqaruv raisi nomiga rasmiy maktub kelib tuşgan.

Unda yozilişiça, elektr energiyasi eksporti böyiça imzolangan elektr energiyaning şartnomaviy miqdori tuşib ketganiga ayni paytda ikkita omil ta'sir körsatmoqda. Birinçisi, Boğlon viloyati hududida jangarilar tomonidan olib borilayotgan jangovar harakatlar oqibati, ikkinçisi Afğonistondagi iqlim şaroiti, xususan meteorologik va gidrologik sabablar (qor-loy köçkisi, kuçli şamol) ötgan yilgi mavsumga nisbatan keskin tus olayotgani. Şunga qaramay, «DABS» şirkati muhandislari ta'mirlaş-tiklaş işlarini olib bormoqda, deyiladi bir neçta fotosuratlar ilova qilingan maktubda.

«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ bu masalada qöşimça izoh berdi.

«...28 oktabr kuni soat 11:53dan soat 19:07gaça va 29 oktabr kuni soat 10:00dan hozirgi paytgaça Afğoniston energetiklari tomonidan olib borilayotgan texnik ta'mirlaş işlari xavfsiz bajarilişini ta'minlaş maqsadida «Puli-Humri» va «Çimtala» podstansiyalarini boğlovçi 220 kV.lik havo elektr uzatiş tarmoğining ikkinçi zanjiri öçirilgan. Demak, bu vaqt oraliğida Afğoniston Islom Respublikasiga eksport amalga oşirilmagan va bu hanuz davom etmoqda.

Körinib turibdiki, eksport masalasida barqarorlik mavjud emas. Qariyb 40 yil davomida notinç mamlakat sifatida tilga olinadigan diyorda nafaqat energetika, balki barça sohalarda barqarorlik hukmron bölişidan mintaqa davlatlari qatori Özbekiston ham manfaatdor», deyiladi izohda.

Eslatib ötamiz, 12 oktabr kuni «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan turli sabablarga köra Afğonistonga eksport qilinayotgan elektr energiyasi miqdori yana «0» qiymatga tuşgani ma'lum qilingandi.