30 oktabr kuni Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasining majlisi bölib ötdi. Unda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yilning 9 oyidagi faoliyati yuzasidan hisobotlari eşitildi.

Ma'lum bölişiça, 2019 yil uçun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi zimmasiga jami 25ta maqsadli vazifa yuklatilgan bölib, ularning 11tasi töqqiz oy içida bajarilişi lozim edi. Biroq vazirlik tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar tahliliga köra, ularning 4tasi bajarilmagan.

Xususan, joriy yilning uçinçi çoragida Özbekistonda Xalqaro Migratsiya Taşkilotining vakolatxonasini oçiş vazifasi nazarda tutilgan. Şu maqsadda Özbekiston hukumati va XMT örtasida bitim loyihasi işlab çiqilgan. Tegişli taşkilotlar bilan kelişilgan holda vazirlik xati Taşqi işlar vazirligiga kiritilgan. Lekin hozirgi kunga qadar vakolatxona oçilmagan, bu vazifa ijrosi ta'minlanmagan.

Şuningdek, vazirlik zimmasiga uçinçi çorak davomida Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat (patent) beruvçi Rossiya Federatsiyasining köp tarmoqli markazini Özbekistonda taşkil etiş vazifasi yuklatilgan. Biroq buning ijrosi ham ta'minlanmagan.

Bundan taşqari, uçinçi çorak davomida böş iş örinlarining mustahkam va dolzarb bazasini şakllantiriş, iş bilan ta'minlangan aholi sonini aniqlaş, şuningdek, bandlikka kömaklaşiş markazlari faoliyati samaradorligining asosiy körsatkiçlarini aks ettiruvçi tizim işlab çiqiş va joriy etiş vazifasi qöyilgan. Vazirlik tomonidan aholi bandligiga kömaklaşiş markazlarida uşbu tizimni tajriba sifatida joriy etiş böyiça buyruq çiqarilgan, lekin hududlarda uşbu tizim hali amalda joriy etilmagan.

Vazir Nozim Husanov öz hisobotida respublikadagi işsizlik va norasmiy bandlik darajasi haqida fikr bildirib ötdi.

«Vazirlik tomonidan 6ta mezon böyiça iş olib borilgan. Birinçi mezon böyiça respublikada işsizlik darajasini 8,8 foizga pasaytiriş borasida işlar olib boriş belgilab berilgan edi. Bugungi kunda bu körsatkiç 8,9 foizga erişildi. Yil yakuniga qadar 8,8 foizga tuşirişga erişiladi.

Ikkinçi mezon böyiça norasmiy bandlik darajasini 56,6 foizga pasaytiriş yönalişi belgilangan edi, yil boşiga bu körsatkiç respublika böyiça 60 foizni taşkil qilar edi. Töqqiz oy davomida amalga oşirilgan tadbirlar borasida bu körsatkiç 58 foizga kamaytirildi, yil yakunigaça belgilangan parametrga erişiladi», – deya Nozim Husanovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.