2019 yilning 9 oyi davomida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va xususiy bandlik agentliklari 173 ming fuqaroni xorijga vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun yuborişga kömaklaşgan.
Uşbu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 38 foizga oşgan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirning sözlariga köra, muhojirlikka mehnatga ketayotgan fuqarolarga kasbiy malakani beriş böyiça bugungi kunda respublikada 11ta markaz faoliyat yuritmoqda.

«Şundan 2tasi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tasarrufida, 9tasi xususiy bandlik agentliklarida. Bu markazlarda bugungi kungaça 5 mingga yaqin fuqarolarimiz çet elga ketişdan oldin könikmalarga moslaştirildi», – dedi Husanov çorşanba kuni Senat qömitasi majlisida.
Mehnat vaziri öz axborotida Janubiy Koreyaning Kvanju va Rossiyaning Moskva şaharlarida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalari oçilganiga ham töxtalib ötdi.
«Bu ikki vakolatxona tomonidan bugungi kungaça 17,5 ming fuqaroning huquqlarini himoya qiliş böyiça xizmatlar körsatildi. Bugungi kungaça 355 ming AQŞ dollari miqdoridagi tölanmagan oylik iş haqlari undirib berildi», – deb ma'lum qildi Nozim Husanov.
Eslatib ötamiz, avvalroq 30ta xususiy bandlik agentligi birorta ham fuqaroni xorijga işga yubormagani ma'lum bölgan edi.
Mavzuga oid:
«Human xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işining yangi tafsilotlari oşkor qilindi
«Işonuvçanligim pand berdi» — Yana bir xususiy bandlik agentligi yuzlab odamlarni çuv tuşirdi
















