25 oktabr kuni soat taxminan 11:30da Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi «Toşkent savdo majmuasi» (sobiq «Abu Saxiy» bozori) hududida işlayotgan beş nafar yuk taşuvçi örtasida janjal kelib çiqişi oqibatida ulardan biri halok böldi.
«Aniqlanişiça, 2019 yilning 25 oktabr kuni taxminan soat 11:30da Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi «Toşkent savdo majmuasi»ga kiriş qismidagi birinçi qator boşida mazkur majmuada arava tortiş bilan şuğullanuvçi Ğolib Nazarov, Gafur Nazarov, Akram Qosimov, Sodiq Aşirov va Ismoil Normatov örtasida kelib çiqqan özaro janjal vaqtida Ğolib Nazarov sotuv rastasida bölgan polyuvgiçlardan birining metall dastasi bilan Ismoil Normatovni bir neça marta urib, tan jarohati yetkazgan. Ismoil Normatov körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi jonlantiriş bölimida vafot etgan», deyiladi Özbekiston Içki işlar vazirligi matbuot xizmati ma'lumotida.
Toşkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Ğolib Nazarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş holati) böyiça jinoyat işi qözğatildi.
26 oktabr kuni unga nisbatan ayblov e'lon qilinib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi tanlangan.
Hozirda jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom ettirilmoqda.









