2019 yilning 9 oyi davomida 145 ming nafar ayol doimiy haq beruvçi işlarga joylaştirildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«[2019 yilning] 9 oyi davomida tuman bandlikka kömaklaşiş markazlariga 597 ming nafar fuqaro murojaat qilgan bölsa, şundan 345 ming nafari – ayollar. Şundan 145 ming nafarini bugungi kunda doimiy iş haqi beruvçi işlarga joylaştirdik. Qolgan qismi hududiy hokimliklar bilan birgalikda vaqtinçalik jamoat işlariga jalb qilindi», – dedi Husanov Senat qömitasi majlisida.

Vazir xorijda işlayotgan özbekistonliklarni ijtimoiy jihatdan himoyalaş böyiça qilingan işlarga ham töxtalib ötdi.
«Şu kungaça xorijda oğir moliyaviy ahvolga tuşib qolgan, Rossiya Içki işlar vazirligining fuqarolarni vaqtinçalik saqlaş markazlarida bölgan 2000 nafardan ortiq Özbekiston fuqarosi xorijdan vatanga qaytarib olib kelindi.
Mehnat migratsiyasi vaqtida soğligi yomonlaşib, vafot etgan 178 nafar fuqaroning jasadlari Özbekistonga olib kelindi. Tibbiy yordam kerak bölgan 60 nafar fuqaroga xizmatlar körsatildi», – deya senatorlarga hisob berdi Nozim Husanov.
Majlis davomida senator Şohida Aripova: «Tuman-şahar mehnat inspektorlari sonini oşiriş rejalaştirilganmi, bu kamçiliklarni hatto xorijlik ekspertlar ham e'tirof etişgan edi?» deya savol berdi.
«Xalqaro Mehnat Taşkilotining normalariga qaraydigan bölsak, iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan har 20 mingga bittadan inspektor töğri kelişi kerak. Şundan kelib çiqsak, respublikamizda 890 nafar inspeksiya xodimi bölişi kerak.
Hozirgi kunda bizda 200 nafar inspeksiya xodimi mavjud. Özingiz tuşunasiz, bularning hammasi budjet xarajatlariga borib taqaladi. Ştatlarni yiliga 100tadan köpaytirib borişni reja qilib olganmiz», – deya javob berdi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri.












