Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi, Energetika vazirligi va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi vakillari iştirokida amaliy uçraşuv bölib ötdi. Unda dastlabki qiymati 1 milliard AQŞ dollaridan ortiq bölgan yangi issiqlik elektr stansiyasini quriş loyihasini tayyorlaş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar rejasi muhokama etildi.

Ma'lumki, joriy yilning oktabr oyi boşida DXŞ agentligi, Energetika vazirligi hamda Xalqaro Moliya Korporatsiyasi tomonidan Sirdaryo viloyatida DXŞ asosida 1300 MVt quvvatga ega IES quriş böyiça tender tanlovini ötkaziş va tegişli xujjatlarni tayyorlaş böyiça xizmat körsatişga oid şartnoma imzolangan.

Sirdaryo IES – Sirdaryo viloyatining Şirin şahrida joylaşgan bölib, Markaziy Osiyodagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi. Uning umumiy quvvati – 3000 MVt (har biri 300 MVt quvvatga ega önta energoblok). Yangi IES eskisidan bir kilometr uzoqlikda qurilişi rejalaştirilgan.

DXŞ agentligidan Kun.uz'ga ma'lum qilişlariça, XMK konsultantlari bilan bölib ötgan uçraşuvda loyihani amalga oşiriş şartlari (Heads of terms), DXŞ kelişuvlari (Power purchasing agreement), loyihaga investitsiyalarni keng jalb etiş metodlari, texnik, moliyaviy va yuridik ekspertizadan ötkaziş masalalari muhokama etilgan.

Foto: Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi

XMK bilan dastlabki kelişuvlarga asosan, korporatsiya konsultantlari 14 oy içida loyihaning texnik-iqtisodiy tahlilini tayyorlaşadi. Şu muddat davomida moliyaviy va yuridik ekspertizasini amalga oşiradi, tender xujjatlarini tayyorlaydi, DXŞ kelişuvlari va tenderni ötkazib, ğolib investorni e'lon qilişadi.

Mazkur jarayonlarda Xalqaro Moliya Korporatsiyasi:

  • standartlarga mos tender hujjatlarini tayyorlaşda kömaklaşadi;
  • yirik xorijiy investorlarni loyihaga keng jalb etadi;
  • tanlovning şaffof, raqobatbardoş ötişini ta'minlaydi.
Foto: Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi