29 avgust kuni Şenjyenda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.Aripovning Huawei kompaniyasi boş qarorgohiga taşrifi doirasida "UMS" MÇJ telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş maqsadida XXR tomonidan imtiyozli kredit taqdim etiş böyiça Memorandum imzolandi.

150 mln. dollarga teng kredit mablağlari 2020-2023 yillarda Huawei kompaniyasining uskunalaridan foydalangan holda UMS investitsion loyihalarini moliyalaştirişga yönaltiriladi.

Uşbu mablağlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining uçinçi taşabbusini hayotga tatbiq etiş, ya'ni aholi va yoşlarni kompyuter texnologiyalari va Internetdan foydalanişini samarali yölga qöyişga yönaltiriladi. Uşbu maqsadlarda UMS operatorini texnik va texnologik qayta jihozlaş, uning 4G/3G tarmoqlarini butun respublika hududiga kirib borişini ta'minlaş hamda 5G tarmoqlarini bosqiçma-bosqiç joriy qiliş işlari amalga oşiriladi.

Bu esa, öz örnida, nafaqat aholisi ziç hududlarni, balki kam sonli aholi yaşaydigan, şu jumladan toğli zonalarni aloqa bilan ta'minlaşga xizmat qiladi. U yerlarda joylaşgan öquv dargohlari, tibbiyot muassasalari kabi ijtimoiy obektlar Internet global tarmoğiga ulanadi. Natijada, öquv hamda tibbiy xizmatlarni körsatiş jarayonlariga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinişi tezlaşadi. 

Mazkur yilning boşida UMS mobil operatori tarmoq va uskunalarni modernizatsiya qiliş, billing tizimini yangilaş, taşqi Internet kanalini bosqiçma-bosqiç kengaytiriş işlarini boşlab yuborgan. Mazkur işlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarini ijrosi hamda 2019-2021 yillarda «Universal Mobile Systems» MÇJni rivojlantiriş Konsepsiyasi doirasida amalga oşirilmoqda. Mazkur hujjat Loyiha boşqaruvi milliy agentligi hamda «Raqamli işonç» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan.

Yangi investitsion loyihalarni amalga oşiriş UMS kompaniyasining strategik rejalarini jadal sur'atlarda va keng miqyosda amalga oşişiga, uning Özbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirişga köproq hissa qöşişiga, ijtimoiy taşabbuslarni hayotga tatbiq etişiga, şuningdek, amaldagi va yangi abonentlarga xizmat körsatiş sifatini yuksaltirişga turtki böladi.

Reklama huquqi asosida