Jismoniy tarbiya va sport vazirligining anjumanlar zalida Özbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi bölib ötdi. Unda vazirlik mutasaddilari hamda federatsiyaning ijroqöm a'zolari iştirok etdi. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, konferensiyada taşkiliy masala körib çiqildi. Şu kungaça federatsiya prezidenti lavozimi vakant bölib turganligi sababli Özbekiston voleybol federatsiyasi boş kotibi Doniyor Burnaşev uşbu lavozimga Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev nomzodini ilgari surdi. Ovoz beriş jarayonida nomzod bir ovozdan ma'qullandi hamda D. Nabiyev Özbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylandi.
 
Yiğilişda söz olgan Dilmurod Nabiyev voleybol mamlakatda keng ommalaşgan va eng sevimli sport turlaridan biri sanalsa-da, biroq uning rivojlaniş darajasi boşqa öyin turlari bilan soliştirganda sezilarli darajada ortda qolayotganini tanqid qildi va endilikda barça bir yoqadan boş çiqargan holda uşbu Olimpiya sport turini yangi bosqiçga olib çiqiş uçun astoydil harakat qilişini bildirdi.