Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, oliy darajada oçiq hamda işonçga asoslangan muloqot yölga qöyilgani va bu Özbekiston-Turkmaniston strategik şeriklik munosabatlarini yangi darajaga kötarganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Raşid Meredov Özbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Uçraşuvda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qişloq xöjaligi va iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş uçun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi. 

Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvni kengaytiriş muhim ekani ta'kidlandi.

Şuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, jumladan, kelgusida ikki va köp tomonlama formatda ötadigan oliy darajadagi tadbirlarni inobatga olgan holda körib çiqildi.