"Özbekneftgaz" matbuot xizmatiga köra, respublikada uglevorod xomaşyo bazasi barqarorligini ta'minlaş, qazib olinayotgan neft va gaz mahsulotlari örnini töldiriş maqsadida, Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo va Farğona neft-gazli hududlarida geologiya qidiruv işlari olib borilmoqda.
Prezidentning 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3372 qarori doirasida amalga oşirilgan geologiya-qidiruv işlar natijasida, 2017-2018 yillar hamda joriy yilning 9 oyi mobaynida 16 ta neft va gaz konlari oçildi va yer osti uglevodorod zaxiralari 171 mln. tonna şartli yonilği hajmida östirildi.
Ma'lumot uçun: 16ta kondan, 4tasi Ustyurt mintaqasida (Beşqala, Quyi Surgil, Kuşkair, Oraliq), 2tasi Farğona mintaqasida (Uçtepa, Çakar), 10tasi Buxoro-Xiva mintaqasida (Topiçaksoy, Marvarid, Şortak, Çordarbaza, Tömaris, Andakli, Janubiy Kulbeşkak, Yormoq, Döltatepa, Şorkum).
Joriy yil yakuni bilan yer osti uglevodorod zaxiralarini 53 mln. tonna şartli yonilği hajmida östiriş rejalaştirgan, bu borada bugungi kunda geologiya qidiruv işlari Ustyurt mintaqasining markaziy qismida (Alpomiş, Ultan, Arslon va b.q), Buxoro-Xiva mintaqasining ğarbiy qismida (Tömaris, Andakli, Janubiy Kulbeşkak, Şarqiy Xatar va b.ş), Farğona mintaqasining janubiy qismida (Uçtepa, Çakar, Quyi Qaşqarqir va b.ş) jadal ravişda olib borilmoqda.
Ma'lumotda aytilişiça, 9 oy mobaynida 5ta yangi kon oçildi (Kuşkair, Oraliq, Çakar, Döltatepa, Şortak) va yer osti uglevodorod zaxiralari 31 mln. tonna şartli yonilği hajmida östirildi.








