Mobil aloqa va mobil internet sifati baza stansiyalarining yetarli bölişiga boğliq. Biroq mobil aloqa operatorlari aholi nisbatan kam yaşaydigan hududlarga baza stansiyalarini örnatişni köp ham istayvermaydi. Çunki uskunalar qimmat, kam odam yaşaydigan hududlarda esa sarflangan daromad tezda özini oqlayvermaydi. Buning oldini oliş, umuman, mobil aloqaning sifati past yoki haligaça aloqa yetib bormagan hududlarda aloqa operatorlari tomonidan baza stansiyalarini örnatiş böyiça qanday işlar qilinmoqda?
Mazkur savolga AKT vaziri örinbosari Qahramon Yöldoşev duşanba kuni matbuot anjumanida javob berib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Uning sözlariga köra, vazirlik vakolatli organ sifatida har bir operatorning istiqbolli rejalarini töğridan-töğri nazorat qilmasa ham, monitoring qilib boradi va operatorlarning tarmoqni rivojlantiriş rejasi vazirlik bilan kelişiladi.
Yöldoşevning aytişiça, Özbekistonda mobil aloqa yetib bormagan 478ta aholi punkti bor.
«Albatta, bularning hammasini bir yilning özida qamrov bilan ta'minlaş imkoniyati texnik jihatdan ham, moliyaviy jihatdan ham qiyin bölgani uçun biz buni yillarga bölganmiz. Bu yilning özida umuman heç qanaqa aloqa yöq bölgan aholi punktlarini 5ta mobil aloqa operatoriga taqsimlab berganmiz. Har oyda ularning hisobotini monitoring qilib boramiz», – dedi Qahramon Yöldoşev.
Unga köra, bugungi kunda vazirlik tasdiqlab bergan reja böyiça operatorlar boş tortgan yoki bajarmagan holatlar mavjud emas.
«Keyingi yilga ham mahalliy boşqaruv organlari bilan kelişib, ana şunday aholi punktlarining röyxatini, dislokatsiyasini aniqlaştirib, operatorlarga taqsimlab beramiz», – deb qöşimça qildi vazir örinbosari.








