Özbekistonlik yoş şaxmatçilar Turkiyaning Çorum şahrida bölib ötgan 16 yoşgaça ösmirlar örtasidagi Butunjahon şaxmat olimpiadasida 2-örinni qölga kiritdi.

28 oktabr kuni boşlangan olimpiada bugun, 6 noyabrda yakunlandi.

Musobaqada Özbekiston şarafini Xalqaro toifadagi grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, FIDe sport ustasi Ali Kasimov, Muhiddin Madaminov, xalqaro toifadagi sport ustasi Umida Omonova himoya qildi.

Ular turnirda qatnaşgan 250dan ortiq iştirokçi orasida jami 15 oçko bilan umumjamoa hisobida 2-örinni egalladilar.

Olimpiada 9 turdan iborat bölib, şveysarça tizimda ötkazildi. Birinçi örin Ozarbayjon terma jamoasiga nasib etdi, kuçli uçlikni belaruslik yoş şaxmatçilar kuçli uçlikni yakunlab berdi.

Özbekiston vakillari şaxsiy natijasiga köra ham qator medallarga sazovor böldilar. Xalqaro grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov 1-taxtada 2-örinni, Javohir Sindarov esa 2-taxtada 2-örinni egalladi.

Delegatsiya a'zolari 7 noyabrga ötar keçasi Turkiyadan qaytib keladi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilgi Olimpidada özbekistonlik ösmirlar oltin medalga sazovor bölgan edi.