Toşkent şahrida «Xavfsiz şahar» loyihasini joriy etiş böyiça boşqaruv markazi hamda ma'lumotlarni saqlaş markazi taşkil etiladi. Bu haqda 6 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bölib ötgan «Hukumat soati»da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şuhrat Sodiqov ma'lum qildi.

«Xuddi suratlardagidek markaz taşkil etiladi. Davlat rahbari tomonidan tasdiqlab berilgan. Uşbu markazda barça yönalişlar, masalan, içki işlar idoralari tomonidan körsatiladigan va boşqa xizmatlar böyiça işlar taşkil etiladi. Toşkent şahrida amalga oşiriladigan har xil holatlar şu yerdan boşqarilişi taşkil etilişi inobatga olinmoqda», deya Şuhrat Sodiqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirning qöşimça qilişiça, 2019 yil oxirigaça Germaniyaning «ATLAS International» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Yöl harakati qoidalari buzilişini foto-video qayd qilişning avtomatlaştirilgan tizimi» loyihasini test rejimida işga tuşiriladi. «ATLAS International» kompaniyasi va IIV örtasida loyihaning birinçi bosqiçida Toşkent viloyatiga qurilma va uskunalarni yetkazib beriş yuzasidan 11,3 mln yevrolik Hozirda şartnomaga muvofiq 366 ming yevrolik texnik uskunalar yetkazib berildi.
«Hukumat soati»da ma'lum qilinişiça, yil yakuniga qadar Toşkent şahrida «Xavfsiz şahar» loyihasining birinçi bosqiçini amalga oşiriş böyiça işlar jadallaştiriladi.












