Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlarida iş yuritiş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi buyruq Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.

Yöriqnomaga kiritilgan özgartirişlarga köra, endilikda tuğilişni qayd etiş muddati ötkazib yuborilganda 16 yoşgaça bölgan bolaning tuğilganlik haqidagi guvohnomasini oliş uçun ariza quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:

bolaning ota-onasi;

ota-onaning qonuniy nikohi mavjud bölgan hollarda ulardan biri;

işonçnoma asosida boşqa manfaatdor şaxs;

ota-onaning örnini bosuvçi şaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor şaxslari.

Ilgari bunday ariza faqat bolaning ota-onasi tomonidan taqdim etilişi mumkin bölgan.

Bundan taşqari, endilikda dalolatnoma yozuvlariga özgartirişlar, tuzatişlar va qöşimçalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan işonçnoma va ariza asosida amalga oşirilişi mumkin böldi.

Ilgari dalolatnoma yozuvlariga işonçnoma orqali özgartiriş kiritiş mumkin bölmagan.