Ta’kidlanişiça, QR-kodli ma’lumotnomani davlat organlari va taşkilotlar tomonidan qabul qilişni rad etiş qat’iyan taqiqlanadi.

Tuğilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yiğimi undirilgan holda rasmiylaştirib beriladi.

2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 iyulga qadar nikoh tuziş va nikohdan ajratişni qayd etiş uçun arizalarni Sirdaryo viloyati tuman (şahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qiliş böyiça huquqiy eksperiment ötkaziş belgilandi. 

Ötkazilgan huquqiy eksperiment natijalari böyiça uşbu davlat xizmatlarini davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etiş maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, qonunçilik hujjatlariga özgartiriş va qöşimça kiritiladi.