Bunday metalldan tayyorlangan mahsulotlar hattoki yorilgan yoki boşqa zarar yetgan bölsa ham suvda çökmaydi.

Rochester universiteti (AQŞ) olimlari xitoylik hamkasblari bilan hamkorlikda metallar bazasini femtosekund lazeri yordamida qayta işlaş texnologiyasini yaratişdi. Bunday qayta işlovdan söng metall öta kuçli gidrofobik xususiyatga ega böladi va undan tayyorlangan mahsulotlar suvda umuman çökmaydi.

Bunday metalldan tayyorlangan buyum suvga tuşganida uning atrofida havo pufakçalari paydo bölib, uni suv yuzasiga çiqarib yuboradi. Buyum hattoki teşilgan yoki yorilgan, biror zarar yetgan bölsa ham suvda çökmaydi.

Olimlar bu ixtirolarini tanasi atrofini örab turuvçi suvli qobiq yordamida suvda uzoq vaqt tura oluvçi suv örgimçaklarini örganib çiqib yaratişdi. Solenopsis çumolilari ham ana şunday usuldan foydalanadi. Ular bir guruh bölib, özlarini örab olgan gidrofob tanalari yordamida hosil bölgan havo evaziga suv yuzasida tura oladi.